3-may kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yalpi majlisida to‘rtta yo‘nalishda ishchi guruhlarni tashkil etish va ularni to‘liq amalga oshirishda faol ishtirok etishni taklif etdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

ishchi гuрuҳлар, xorijiy investorlar kengаши, шавкат мирзиёев

“Hukumat hamda investorlar o‘rtasida ochiq va samarali muloqotning yo‘lga qo‘yilgani barqaror iqtisodiy taraqqiyotning asosiy kalitidir. Shu sababli bugungi zamon bilan hamnafas qadam tashlab, o‘z oldimizga aniq rejalarni qo‘yishga va sa’y-harakatlarimizni yanada uyg‘unlashtirishga chaqiraman”, — deya ta’kidladi davlat rahbari.

Prezident taklif qilgan 4 yo‘nalish quyidagilar:

Kapital bozorini rivojlantirish. Bu yo‘nalishda xorijiy investorlarning talablariga to‘la javob beradigan xalqaro moliya markazini rivojlantirish uchun ichki va tashqi kapitalni keng jalb etishga asosiy e’tiborni qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Mas’uliyatli biznes yuritish. “Bu borada iqtisodiyot barqarorligi, shaffofligi va ochiqligini ta’minlashga qaratilgan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining tegishli tamoyillarini keng joriy etish dolzarb vazifadir”, — deyiladi xabarda.

Muqobil investitsiyalarni rag‘batlantirish. Bunda startap, innovatsion loyihalar, birgalikdagi sarmoyalarni ko‘paytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Venchur investitsiyalar to‘g‘risida”gi yangi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish muhimligi qayd etildi.

Investorlar bilan ishlash tizimini raqamlashtirish. Xorijiy investorlar bilan davlat organlari o‘rtasidagi barcha xizmatlarni amalga oshirish uchun mukammal elektron platformani ishlab chiqish va amaliyotga keng joriy etish vaqti kelgani ta’kidlandi. Bu investorlarni qiynayotgan kompleks muammolarni o‘z vaqtida va tizimli hal etishga imkon beradi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

“Xorijiy investorlar bilan davlat organlari o‘rtasidagi barcha xizmatlarni amalga oshirish uchun mukammal elektron platformani ishlab chiqish va amaliyotga keng joriy etish vaqti keldi, deb o‘ylayman. Bu investorlarni qiynayotgan kompleks muammolarni o‘z vaqtida va tizimli hal etishga imkon beradi”, — dedi prezident.

ishchi гuрuҳлар, xorijiy investorlar kengаши, шавкат мирзиёев

Shavkat Mirziyoyev raislik qilgan tadbirda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, “Masdar”, “Indorama”, “ACWA Power”, “Air Products”, “Çalik”, “Suez”, “Orascom”, “Çengiz”, “Aksa”, “HP”, “Linde”, “Procter&Gamble”, “Visa”, “CAMCE”, “John Deere”, “Huawei”, “Airbus”, “Orano”, “Sommerzbank”, “Total”, “PASHA Holding” kabi yetakchi kompaniya va banklar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar — Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

ishchi гuрuҳлар, xorijiy investorlar kengаши, шавкат мирзиёев

Prezident jahon iqtisodiyotida beqarorlik tobora kuchayib, energetika, oziq-ovqat sohalari va ekologik tizimda inqirozlar o‘tkir tus olayotganini ta’kidladi.

“Bunday murakkab sharoitda sizlar bilan bamaslahat, o‘zaro kengashib, aniq amaliy qadamlar tashlasak, ko‘zlagan yuksak marralarimizga albatta erishamiz”, — dedi u.

Davlat rahbari investorlarni O‘zbekiston ishtirokidagi xalqaro loyihalarga qo‘shilishga chaqirdi.